Energetika vaziri moliyachi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat arizasi kiritdi
Moliyachi Otabek Bakirov energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov unga qarshi shikoyat arizasi berganini ma’lum qildi. Bunga sabab “Sag‘bon” podstansiyasining doimiy ta’mirlanishi haqidagi maqola bo‘ldi. Moliyachi bu shikoyatni “energotsenzuraga urinish” deb baholadi.