Yaponiyadagi Expo 2025 uchun tayyorlangan O‘zbekiston paviloni Germaniya dizayn mukofotida oltin medal oldi
O‘zbekistonning Expo Osaka 2025 butunjahon ko‘rgazmasidagi paviloni har yili o‘tkaziladigan Germaniya dizayn mukofotining “A’lo me’morchilik — yarmarkalar va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Loyiha mashhur ATELIER BRÜCKNER (Germaniya) studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.