"Boshqa davlatlarda vaziyat yomonlashgani hisobiga". O‘zbekiston demokratiya indeksida yuqoriladi
Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya darajasi pasayishda davom etmoqda. Britaniyaning Economist jurnali Economist Intelligence Unit tahlilchilari shunday xulosaga kelishgan. 2024-yilda dunyodagi dekmokratiyaning ahvoliga doir indeksda Markaziy Osiyoda eng demokratik davlat deb Qirg‘iziston tan olingan bo‘lsa, eng yomon holat Turkmanistonda.
Demokratiyaning pasayishi butun jahonda kuzatilayotgan tendensiya. Economist Intelligence Unit baholashiga ko‘ra, Markaziy Osiyoning beshta...