Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik joriy etish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish maqsadida ta’lim olish va ularni moliyalashtirish uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda savollarsiz ma’qulladi. Biroq parlamentning bir nafar a’zosi qarshi ovoz berdi.