Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?
Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.