Seshanba kuni elektr energiyasiga maksimal darajada cheklovlar joriy etildi — Energetika vazirligi
27-fevral kuni O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berishdagi cheklovlar 700 MVtgacha oshirildi. Bundan avvali kunlari cheklovlar 600 MVtdan oshmagandi. Metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish kamaygan, benzin yetkazib berish esa ko‘paygan.