Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
![Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2020/03/QnPlPc15832242306646_b.jpg)
O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.