Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi
![Bolalar shoiri va yozuvchisi Raim Farhodiy vafot etdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/KlO1fp17122439557085_b.jpg)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bolalar shoiri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. U bolalar uchun 50 dan ortiq she’riy va nasriy kitoblar yozgan. Vafotigacha Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.