Gaz va elektr hisob raqamlari 1-maygacha to‘ldirib qo‘yilsa, eski tarif 2 oy mobaynida amal qiladi
Energetika vazirligi 1-maygacha gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov amalga oshirilsa, eski tariflar to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qilishini bildirdi. Biroq bu faqat ijtimoiy norma doirasida (100 kubometr va 200 kVt/soatgacha) amal qiladi.