YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso O‘zbekistonga keladi
![YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso O‘zbekistonga keladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/W1sbjs17144718921727_b.jpg)
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Toshkentga tashrif buyuradi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Xorijiy investorlar kengashi va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.