Bayram kunlari havo 39 darajagacha isiydi
![Bayram kunlari havo 39 darajagacha isiydi](https://www.gazeta.uz/media/img/2019/08/Y6q7FE15647490922453_b.jpg)
Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, 32−35 daraja issiq atrofidagi qulay harorat kuzatiladi. 16−18-iyun — Qurbon hayiti bayrami kunlarida esa harorat ko‘tarilib, 36−39 darajagacha, ayrim joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. Kechki vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.