O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki
![O‘zbekistonda ayollar va erkaklarga teng haq to‘lanishini ta’minlash 700 ming kishini kambag‘allikdan chiqaradi — Jahon banki](https://www.gazeta.uz/media/img/2023/06/pRB0BG16872654780277_b.jpg)
O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan bir xil darajada maosh olishini ta’minlash 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqarishga yordam beradi. Bu Jahon banki tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda gender tengligi tahlili” hisobotida keltiriladi.