Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
![Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/06/5Vjf3G17192892608425_b.jpg)
Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.