WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
![WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/06/0uS07U17193059458079_b.jpg)
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj so‘nggi 5 yilini o‘tkazgan Britaniya qamoqxonasidan garov evaziga ozod qilindi. AQSh rasmiylari bilan kelishuv doirasida u josuslik ayblovlaridan biri bo‘yicha aybini tan oldi. Buning evaziga u Britaniyadagi qamoqda o‘tagan vaqtga teng muddatga qamaladi va ozod qilinadi.