O‘zbekistonda og‘ir sharoitdagi qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi
![O‘zbekistonda og‘ir sharoitdagi qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/06/GSCoa717195788269499_b.jpg)
Og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar qurib beriladi, deya ta’kidladi prezident. Ular oyoqqa turib olgunga qadar uyda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi. Qolaversa, 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.