“O‘zbekistonda Telegram`ni sevishadi”. Pavel Durov yana Toshkentga kelishga va’da berdi
Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga qilgan safari taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U mamlakatda aholining 70 foizdan ortig‘i va deyarli barcha korxonalar foydalanadigan platformaning mashhurligidan faxrlanishini ta’kidladi.