“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida
Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.