Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyulda bo‘ladi
![Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyulda bo‘ladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/07/rFfTCc17204527161085_b.jpg)
Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.