Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi
![Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi](https://www.gazeta.uz/media/img/2021/03/fLeobc16159768146411_b.jpg)
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.