Iyunda yengil avtomobillar savdosi 2021-yil oxiridan beri eng past darajaga tushdi
![Iyunda yengil avtomobillar savdosi 2021-yil oxiridan beri eng past darajaga tushdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/04/ifDPEE17134246930862_b.jpg)
Iyun oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda 77,6 mingta yengil avtomobil oldi-sotdisi ro‘yxatga olindi, bu 2021-yil dekabridan beri eng past ko‘rsatkichdir. Eng yuqori pasayish minilgan avtomobillarga to‘g‘ri keldi.