Qashqadaryoda sex 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida omixta yem ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga ulanib, 1 mlrd 65 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.