O‘zbekiston turistlarni jalb qilish uchun TTJdan 50 mln dollar kredit oladi
Shavkat Mirziyoyevga turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir takliflar taqdimot qilindi. Xorijiy turistlarni jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga TTJdan 50 mln dollar kredit liniyasi ochiladi. U yillik 17 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga ajratiladi.