Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi
![Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi](https://www.gazeta.uz/media/img/2023/11/mV3tYi17007638485862_b.jpg)
Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.