Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik sintetik moddalar muomalasiga chek qo‘yildi
Toshkent tumanidagi tezkor tadbirda 22 yoshli shaxs mashinasida taxminiy narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan 1,4 kg mefedron sintetik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.