Samarqandda qurilish kompaniyasi 31 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi
![Samarqandda qurilish kompaniyasi 31 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/07/TvWoob17217514281540_b.jpg)
Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.