Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi
AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha delegat qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi AP. Rasmiy ovoz berish avgust oyida bo‘lib o‘tadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli startga qaramay, Harrisni “ancha qiyinroq muammolar” kutib turibdi.