Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi
![Talabalar, nogironligi borlar va urush qatnashchilarining shaxsiy guvohnomalari ijtimoiy kartaga almashtiriladi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/06/Ag3XDv17187794520891_b.jpg)
Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.