Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi
![Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/07/Okxb3V17219276566114_b.jpg)
25-iyul kuni Olimpiya o‘yinlari kamondan otish bahslarining 1-saralash bosqichi boshlandi. Unda Ziyodaxon Abdusattorova 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qildi. Amirxon Sodiqov esa 674 ochko bilan 13-natijani qayd etdi. Ular 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi.