Toshkent viloyatida yonib ketgan uy ichidan 5 kishining jasadi topildi
![Toshkent viloyatida yonib ketgan uy ichidan 5 kishining jasadi topildi](https://www.gazeta.uz/media/img/2022/09/NfmSFe16638218351194_b.jpg)
Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 5 kishi, jumladan, 3 nafar bolaning jasadi tan jarohatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.