Uchta viloyatda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
![Uchta viloyatda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/08/wJwTTc17229287255796_b.jpg)
DXX Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Uchko‘prik tumanida 56 yoshli shaxs o‘ziniki bo‘lmagan 12 sotix yerni 130 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Qashqadaryoda esa hokimlik xodimi 25 gektar yerni 5 ming dollarga pullayotganda qo‘lga tushdi.