Avtokredit berish ikki baravar qisqardi, mikroqarzga talab keskin oshdi
![Avtokredit berish ikki baravar qisqardi, mikroqarzga talab keskin oshdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2020/03/RjLe7y15834128426376_b.jpg)
O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.