O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda qatnashdi
![O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda qatnashdi](https://www.gazeta.uz/media/img/2024/08/TKZsRe17231155844466_b.jpg)
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari videoaloqa orqali Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining filiallarini ochib berdi.