Qozog‘iston sudi ilk bor 10 mln dollarlik “tushunarsiz boylik"ni davlat foydasiga musodara qildi
Qozog‘iston sudi birinchi marta egalari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritganini isbotlay olmagan aktivlarni davlat hisobiga o‘tkazdi. 10 million dollardan ortiq mablag‘, xususan, qimmatbaho zargarlik buyumlari va tarixiy buyumlar musodara qilindi.