OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi
OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bank energetika, davlat sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.