Sentabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Sentabrning birinchi o‘n kunligida qulay harorat hukm suradi. Kechasi va tongda +12…+17 darajali tetiklantiruvchi salqinlik seziladi. Havo kunduzi +28…+33, ba’zi joylarda 35 darajagacha isiydi. Keyin oyning oxirigacha harorat pasayib boradi. So‘nggi o‘nkunlikda qisqa muddatli yomg‘irlar kutilmoqda.