Qirg‘iziston “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi
Qirg‘iziston TIV “mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va muloqotni davom ettirish” maqsadida “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Mamlakat Afg‘onistonda hamda butun mintaqada tinch muhitni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdoriligini bildirdi.