“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda
20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.