Senat O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklarga taqiq qo‘yilishi ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bunday odamlar ro‘yxati yuritiladi. Agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.