Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilinadi
2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlarini davlat bog‘chalariga imtiyoz asosida qabul qilish boshlanadi. Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan ularning davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi alohida kvotalar ajratadi.