Sentabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya: propan 15,7 foizga, go‘sht 2,8−3,1 foizga qimmatlashdi
Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,23 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,46 foiz bo‘ldi. Propan narxi yuqori sur’atlarda — 15,7 foizga (yil davomida — 52,1 foizga) o‘sishda davom etmoqda. Mol va qo‘y go‘shti yil boshidan buyon 11,3 — 11,9 foizga, dorilar esa qariyb 25 foizga qimmatlashdi.