Afg‘oniston tomonidan «Termiz» chegaraoldi savdo markazidagi konsertlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday so‘rov olinmagan — TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan chegara yaqinidagi «Termiz» xalqaro savdo markazida konsertlar va musiqa jo‘rligidagi tadbirlarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini ma’lum qildi.