Chorsu maydonini keng ko‘lamli rekonstruksiya kutmoqda. “Chorsu” mehmonxonasi qaytadan quriladi
Toshkentda 2025-yilda Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish boshlanadi. Eski mehmonxona o‘rnida 29 qavatli yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar-joy binolaridan iborat loyiha qad rostlaydi. U 170 mln dollarga baholangan. Loyiha Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.