Xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tizimi qanday ishlaydi?
Prezident xorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazib berish tartibini tasdiqladi. Bu xizmat (ID-kartalarni pochta orqali yetkazib berish kabi) o‘tgan yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgandi. 2023-yil yanvaridan boshlab haydovchilik guvohnomasini pochta orqali olish mumkin bo‘ldi.