2025-yilda 200 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborish rejalashtirilmoqda — bosh vazir
O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.