Investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarur — prezident
Prezident huzurida xorijiy investitsiya jalb qilish sohasidagi natijalar tanqidiy tahlil qilindi. Davlat rahbari yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, investitsiyalarning nafaqat hajmini, balki sifatini ham oshirish zarurligini aytdi. Har bir dollar sanoatni rivojlantirishi, yangi ish o‘rni yaratishi kerak, dedi u.