Ijtimoiy xarajatlardan tejash va “boshqa xarajatlar”ga ko‘proq mablag‘. Toshkent shahrining birinchi yarim yillik uchun budjeti
Toshkent shahar hokimligi 1-yarim yillikda ijtimoiy soha, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlashga rejalashtirilganidan kam mablag‘ ajratdi. Maktab va shifoxonalardagi qurilish-ta’mirlash ishlariga ham kamroq mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, davlat apparatini moliyalashtirish va “boshqa xarajatlar” ko‘paydi.