O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda
Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan.