Buxoro shahrining tarixiy qismida skuter va mopedlar harakati taqiqlandi
Buxoroning tarixiy qismida skuterlar, mopedlar, velosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalarida harakatlanish endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.