Farg‘ona viloyatining Tojikiston bilan chegarasida Termizdagi kabi savdo-logistika markazi tashkil etiladi
Prezidentga Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. Kelasi yilda viloyatga 3,7 mlrd dollar investitsiya jalb etish, eksport hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Tojikiston bilan chegaradosh Beshariq tumanida Termizdagi kabi savdo-logistika markazi qurilishi boshlandi.