Avtobuslarda yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar chiptani endi bekat va infokiosklar orqali sotib oladi
1-yanvardan Toshkent shahrida avtobus salonlarida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlanadi. Yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar bir martalik chiptani Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.